"MAXSUSENERGOGAZ" AJda talab qilinmagan dividendlarni to‘lash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. Dividendlarni o‘z vaqtida olish uchun, shuningdek, agar aksiyadorlar reyestrida bank rekvizitlari mavjud bo‘lmasa, aksiyadorlardan (ularning huquqiy vorislari yoki merosxo‘rlaridan) “MAXSUSENERGOGAZ” AJ aksiyadorlar bilan ishlash bo‘limiga murojaat qilib, quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishlari so‘raladi:
bank rekvizitlari (to‘liq nomi, tranzit hisobi, STIR va MFO kodi, aksiyadorga tegishli bank kartasi raqami),
jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (PINFL),
pasport nusxasi yoki ID-karta ma’lumotlari.
Agar aksiyador dividendlarini olish uchun murojaat qilmasa, O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 51-moddasiga muvofiq, “MAXSUSENERGOGAZ” AJ dividendlar uch yil davomida egasi yoki uning qonuniy vorisi tomonidan talab qilinmasa, ularni jamiyat ixtiyorida qoldirish masalasini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 32 A-uy. Telefon: (71) 230-02-05 (238). Elektron pochta manzili: corp@maxsus.uz.
"MAXSUSENERGOGAZ" AJ Boshqaruvi