Aloqa ma'lumotlari
Sayt xaritasi
E’lon qilingan sana : 26.05.2025

"MAXSUSENERGOGAZ" AJ AKTSIYADORLARINING E’TIBORIGA!

Yuridik manzili: 100007, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 32-A uyda joylashgan "MAXSUSENERGOGAZ" aksiyadorlik jamiyati, elektron pochta: corp@maxsus.uz, veb-sayt: www.maxsus.uz, aktsiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazilishi haqida ma’lumot beradi.

Yig‘ilish 2022 yil 17 iyun kuni Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 32-A uy, ma’muriy bino manzilida bo‘lib o‘tadi.

Yig‘ilish soat 10:00 da boshlanadi, aktsiyadorlarni ro‘yxatga olish soat 09:30 dan 09:45 gacha amalga oshiriladi.

1

"MAXSUSENERGOGAZ" AJ Kuzatuv kengashining 2021–2022 yillardagi faoliyati va qabul qilingan qarorlari to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash.

2

"MAXSUSENERGOGAZ" AJning 2021 yilgi yillik hisobotini tasdiqlash.

3

"MAXSUSENERGOGAZ" AJning rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Boshqaruv tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar hisobotini tasdiqlash (2021 yil uchun).

4

"MAXSUSENERGOGAZ" AJning 2021 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha Taftish komissiyasi xulosasini tasdiqlash.

5

"MAXSUSENERGOGAZ" AJning 2021 yil yakunlari bo‘yicha sof foydasini taqsimlash.

6

Aktsiyadorlar tomonidan uch yil davomida olinmagan dividendlar masalasini ko‘rib chiqish.

7

"MAXSUSENERGOGAZ" AJ Ustavi va Aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishi, Kuzatuv kengashi va Boshqaruv to‘g‘risidagi Nizomlarning yangi tahririni tasdiqlash.

8

"MAXSUSENERGOGAZ" AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.

9

"MAXSUSENERGOGAZ" AJ Taftish komissiyasi a’zolarini saylash.

10

"MAXSUSENERGOGAZ" AJ tashkilot tuzilmasini tasdiqlash.

11

"MAXSUSENERGOGAZ" AJ Boshqaruv a’zolarini tasdiqlash.

12

2022 yil uchun "MAXSUSENERGOGAZ" AJning moliyaviy hisobotini (O‘SBU va XSB) majburiy auditdan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini aniqlash, xizmat haqi bo‘yicha eng yuqori summani belgilash va u bilan shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

13

"MAXSUSENERGOGAZ" AJning kundalik faoliyati jarayonida kelgusida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan bog‘liq shaxslar bilan bitimlarni ma’qullash (keyingi yillik umumiy yig‘ilgungacha bo‘lgan davr uchun).

14

"MAXSUSENERGOGAZ" AJning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini tasdiqlash.