
"Uzbekneftgaz" AJning imtiyozli aksiyalariga ega bo‘lgan aksiyadorlarga 2018, 2019 va 2020 yillar yakuni bo‘yicha jamiyat aksiyasining nominal qiymatining 25% miqdorida dividendlar hisoblab chiqarilgan.
"Uzbekneftgaz" AJ dividendlarni aksiyadorlarga o‘tkazishga tayyor, ammo aksiyadorlar tomonidan bank rekvizitlari taqdim etilmagani sababli ularni o‘tkazish imkoni yo‘q.
Shu sababli dividendlarni o‘z vaqtida olish uchun aksiyadorlardan (merosxo‘rlar yoki huquqiy vorislar) "O'zbekneftgaz" AJ Aksiyadorlar bilan ishlash bo‘limiga murojaat qilib, quyidagilarni taqdim etish so‘raladi: bank rekvizitlari (hisob raqami, bankning INN va MFO raqami, aksiyadorning karta raqami) hamda pasport nusxasi.
Manzil: 100125, Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Durmon yo‘li ko‘chasi, 2-tor ko‘cha, 143-uy
Telefon: 71 207-27-72 (ichki raqam: 2061, 2064, 2065, 2066)
Email: kans@ung.uz