
“MAXSUSENERGOGAZ” aksiyadorlik jamiyati, manzili:
100007, Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 32A,
email: aomeginfo@maxsus.uz,
veb-sayt: www.maxsus.uz,
2018 yil yakunlariga bag‘ishlangan yillik Umumiy aksiyadorlar yig‘ilishi 2019 yil 8 may kuni Toshkent sh., Mirzo-Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 32A, ma’muriy bino manzilida bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi. Yig‘ilish soat 10:00 da boshlanadi.
KUN TARTIBI:
“MAXSUSENERGOGAZ” AJ boshqaruvini amalga oshiruvchi Nazorat kengashi raisining 2018 yil yakunlariga oid faoliyati va 2018 yil davomida Nazorat kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlar to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash.
“MAXSUSENERGOGAZ” AJ boshqaruvi 2018 yil moliyaviy-iqtisodiy faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotni tasdiqlash.
“MAXSUSENERGOGAZ” AJ rivojlanish strategiyasini amalga oshirish uchun 2018 yilda qabul qilingan chora-tadbirlar bo‘yicha boshqaruv hisobotini tasdiqlash.
“MAXSUSENERGOGAZ” AJ moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini tekshirish natijasidagi Tekshiruv komissiyasi xulosasini tasdiqlash.
“MAXSUSENERGOGAZ” AJ 2018 yil sof foydasini taqsimlash.
“MAXSUSENERGOGAZ” AJ ning uch yil mobaynida talab qilinmagan dividendlari.
“MAXSUSENERGOGAZ” AJ Nazorat kengashining tarkibini tasdiqlash.
“MAXSUSENERGOGAZ” AJ Tekshiruv komissiyasining tarkibini tasdiqlash.
“MAXSUSENERGOGAZ” AJ tashkilot tuzilmasini tasdiqlash.
“MAXSUSENERGOGAZ” AJ boshqaruv tarkibini tasdiqlash.
“MAXSUSENERGOGAZ” AJ nizomini yangi tahrirdagi variantini tasdiqlash.
“MAXSUSENERGOGAZ” AJ Umumiy aksiyadorlar yig‘ilishi va Nazorat kengashi to‘g‘risidagi nizomlarni yangi tahrirdagi variantini tasdiqlash.
Majburiy audit (MHS va XAQHisob hisobot standartlari) o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tanlash, uning xizmatlari uchun maksimal to‘lov miqdori va shartnoma tuzishni tasdiqlash.
“MAXSUSENERGOGAZ” AJ ning keyingi yillik Umumiy aksiyadorlar yig‘ilishigacha davom etuvchi joriy faoliyati davomida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan bog‘liq shaxslar bilan shartnomalar.
“MAXSUSENERGOGAZ” AJ ning o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini tasdiqlash.
“MAXSUSENERGOGAZ” AJ raisi va boshqaruv a’zolarini ishga qabul qilish shartnomalarini tasdiqlash.
2019 yilda “MAXSUSENERGOGAZ” AJ rivojlanish biznes-rejasining bajarilishi va Nazorat kengashi yig‘ilishlari hisobotlarini tinglash jadvalini tasdiqlash.
Aksiyadorlar ro‘yxati 2019 yil 15 aprel holatiga yopiladi va yillik Umumiy aksiyadorlar yig‘ilishi 2019 yil 2 may holatiga o‘tkaziladi.
Yillik Umumiy aksiyadorlar yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida aksiyadorlarga quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi va ular yuqoridagi manzilda yoki telefon orqali (71) 267-36-61 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib tanishishlari mumkin: “MAXSUSENERGOGAZ” AJ ning 2018 yil yillik hisobotlari; Tekshiruv komissiyasi va auditorning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni tekshirish natijalari bo‘yicha xulosalari; boshqaruv raisi bilan shartnomani uzaytirish imkoniyati to‘g‘risidagi Nazorat kengashi xulosasi; Nazorat kengashi va Tekshiruv komissiyasiga nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; “MAXSUSENERGOGAZ” AJ nizomining yangi tahrirdagi loyihasi.