Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan tashkilotlar taklif etiladi.
Tanlov yakunida mustaqil auditorlik tashkiloti va uning xizmatlari uchun to‘lovning eng yuqori miqdori aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida tasdiqlanadi.
Tanlov taklifi quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi kerak:
Tanlovda ishtirok etish uchun ariza (shartnoma shartlari, xizmatlar uchun maksimal to‘lov miqdori va boshqalar bilan);
Auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, xodimlarning malaka sertifikatlari va attestatlari;
Tashkilot haqida ma'lumot;
Auditor shtatida xalqaro buxgalteriya sertifikatiga ega bo‘lgan mutaxassis mavjudligi (CIPA, ACCA, CAP yoki “MSA bo‘yicha audit” fani bo‘yicha imtihonni o‘z ichiga olgan boshqa xalqaro sertifikatlar);
Audit sohasida kamida 10 yillik ish tajribasi.
Nomzodlarning hujjatlari e'lon nashr etilgan kundan boshlab 10 kun ichida qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan keyin topshirilgan takliflar haqiqiy deb hisoblanmaydi va ko‘rib chiqilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 32-A uy.
Telefon: (71) 267-36-61.
Elektron pochta: corp@maxsus.uz