Tanlovda qatnashishga qiziqqan tashkilotlar taklif etiladi.
Tanlov natijalari bo‘yicha aksionerlar yig‘ilishi mustaqil auditorlik tashkilotini va uning xizmatlari uchun to‘lovning maksimal miqdorini tasdiqlaydi.
Tanlov taklifi quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi kerak:
Tanlovda qatnashish to‘g‘risidagi ariza, shartnoma shartlari bilan (o‘tkazish muddati, xizmatlar uchun maksimal to‘lov miqdori va boshqa);
Auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish huquqini tasdiqlovchi hujjat, xodimlarning malaka sertifikatlari va attestatlari;
Kompaniya to‘g‘risidagi ma’lumot;
Kompaniya xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumot;
Minimal talablar:
Xodimlar orasida xalqaro buxgalterlik sertifikatiga ega auditor (CIPA, ACCA, CAP yoki «MSA bo‘yicha audit» imtihonini o‘z ichiga olgan, MССБА, IFAC va boshqa xalqaro buxgalterlik sertifikatlari);
15 yildan kam bo‘lmagan audit sohasidagi tajriba;
Neft va gaz sanoatiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kamida 5 yillik tajriba.
Nomzodlarning hujjatlari 2023 yil 15-may soat 12:00 gacha qabul qilinadi. Belgilangan muddatdan keyin taqdim etilgan takliflar bekor hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingizni iltimos qilamiz: Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Mirzo-Ulug‘bek ko‘chasi, 32A uy. Telefon: (71) 267-36-61. Elektron pochta manzili: corp@maxsus.uz.