
«Maxsusenergogaz» AJning yosh mutaxassislar guruhi va yoshlar yetakchisi Isakov S. boshchiligida IM MGPZ markaziga tashrif tashkil etildi. Tashrifning asosiy maqsadi – tabiiy gazni qazib olish, tayyorlash, qayta ishlash va tovar gazini tashish bo'yicha barcha texnologik jarayonlar sikli bilan tanishish va o'rganish bo'ldi. Shuningdek, 2023 yilgi tadbirlar dasturi yuzasidan, yoshlar siyosatini amalga oshirishga aloqador masalalar muhokama qilindi.