Aloqa ma'lumotlari
Sayt xaritasi
E’lon qilingan sana : 09.04.2025

Bizning tajribamiz va professionalligimiz eng murakkab loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beradi…

"528–550 km oralig‘ida diametri 1020 mm bo‘lgan, uzunligi 22 km bo‘lgan Buxoro–Ural magistral gaz quvurning yangi tarmog‘ini qurish" loyihasi amalga oshirildi.

O‘zbekiston Respublikasining shimoliy hududidan Rossiya gazini qabul qilish va tashish bo‘yicha gaz transport tizimini qurish bo‘yicha amalga oshirilayotgan Tadbirlar rejasi doirasida "Maxsusenergogaz" AJ tomonidan "Buxoro–Ural magistral gaz quvurning 528–550 km oralig‘ida diametri 1020 mm bo‘lgan 22 km uzunlikdagi yangi tarmog‘ini qurish" loyihasi kalit topshirish asosida bajarildi.

Ishlar joriy yilning sentyabr–noyabr oylarida olib borildi.

Diqqat, e'lon!

2023-yil 15-sentabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 475-sonli qaroriga va “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJning 2023-yil 18-avgustdagi 36-36/3613-sonli xatiga muvofiq, yoqilg‘i-energetika resurslari va suv ta’minoti xizmatlari narxlarining oshganligi sababli, “MAXSUSENERGOGAZ” AJ xabar qiladi: 2023-yil 1-oktabrdan boshlab “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJga yetkazib beriladigan 1 Gkal issiqlik energiyasi narxi, iste’molchi bilan kelishilgan holda, QQS bilan 369 600 so‘m etib belgilanadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: (+99871) 267-36-61.
“MAXSUSENERGOGAZ” AJ Ma’muriyati