Aloqa ma'lumotlari
Sayt xaritasi
E’lon qilingan sana : 03.05.2023

«Kerui Group» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

JSHK «Maxsusenergogas» va Xitoyning «Kerui Group» korporatsiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Kerui Group vitse-prezidenti Wu Xiaogui hamda O‘zbekistondagi Vakolatxona rahbari Yang Kun boshchilik qildi.

KERUI GROUP — neft qazib olish uchun yuqori texnologiyali uskunalar ishlab chiqarish sohasida kompleks faoliyat yurituvchi xalqaro kompaniya bo‘lib, dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. U qazish va kompressor uskunalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va yetkazib berish, shuningdek, Xitoy va ko‘plab boshqa mamlakatlarda EPC umumiy pudratchilik xizmatlarini ko‘rsatadi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi neft-gaz sohasida uskuna yetkazib berish va loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik va istiqbollar muhokama qilindi.