
2023-yil 18 maydan 20 maygacha Toshkent shahrida O‘zbekistonning Ikkinchi Xalqaro Energetika Forumi (“Neftgaz O‘zbekiston - OGU”) bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Energetika Vazirligi va tegishli idoralar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan mamlakatning yetakchi xalqaro tadbiridir va yoqilg‘i-energetika kompleksining barcha asosiy sohalarini qamrab oladi.
Mazkur forum doirasida 2023-yil 18 may kuni JSHK «MaxsusenergoGaz» hamda Shandong Kerui Petroleum & Gas Equipment Co., Ltd. (Xitoy) o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. JSHK «MaxsusenergoGaz»ga Shandong Kerui Petroleum & Gas Equipment Co., Ltd. uskunalarini sotish va yetkazib berish, shuningdek, ularga ehtiyot qismlar taqdim etish va ushbu uskuna uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida servis xizmatlarini ko‘rsatish vakolati berildi.