Aloqa ma'lumotlari
Sayt xaritasi
E’lon qilingan sana : 26.05.2025

Konservatsiya va tugatilgan fondga tegishli quduqlarni ekspluatatsiyaga qaytarish bo‘yicha yon stvol burg‘ulash (ZBS) ishlari

Janubiy Kemachi konidagi 144-, 60- va 71-raqamli quduqlarda avariya holatidagi nasos-kompressor quvurlari (jumladan GIS asboblari) chiqarib olindi hamda yon stvol burg‘ulash usuli orqali quduqlar rekonstruksiya qilindi.

Ishlar davomida ikki qatlamli quvur (8 5/8 dyuym va 5 dyuymli) orqali “oyna” ochilib, ikkinchi stvol 2305 metr chuqurlikkacha vertikal yo‘nalishda burg‘ulandi. Burg‘ulash jarayonida quduq vertikal yo‘nalishdan 270 metrdan 600 metrgacha og‘ish bilan olib borildi. Bunda yuqori aniqlikdagi navigatsion uskunalar qo‘llanildi.

Natijada, har bir quduqdan o‘rtacha kunlik 30 ming kub metr tabiiy gaz qazib olinishiga erishildi.

Hozirgi vaqtda shunga o‘xshash ishlar Janubiy Kemachi konidagi 79-raqamli quduqda davom ettirilmoqda.