"MAXSUSENERGOGAZ" aksiyadorlik jamiyati 2025 yil uchun xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (XMHX) muvofiq tuzilgan moliyaviy hisobot bo‘yicha milliy va xalqaro audit standartlariga (MAS) muvofiq majburiy tashqi audit o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotlarini tanlab olish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan tashkilotlar takliflarini yuborishlari mumkin.
Tanlov yakunlariga ko‘ra mustaqil auditorlik tashkiloti va u ko‘rsatadigan xizmatlar bo‘yicha maksimal to‘lov miqdori aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Tanlov taklifida quyidagi hujjatlar bo‘lishi kerak:
shartnoma shartlari (ijro muddati, xizmatlar uchun maksimal to‘lov va h.k.) bilan tanlovda ishtirok etish uchun ariza;
auditorlik xizmatlarini ko‘rsatish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar, xodimlar uchun malaka sertifikatlari va attestatlar;
kompaniya haqida ma’lumot;
kompaniya xodimlari haqida ma’lumot;
Minimal talablar:
xalqaro buxgalterlik sertifikatiga ega auditorning shtatda mavjudligi (CIPA, ACCA, CAP yoki "MAS bo‘yicha audit" fanidan imtihonni o‘z ichiga olgan MССBA, IFAC va boshqa xalqaro sertifikatlar);
audit sohasida kamida 15 yillik ish tajribasi;
neft va gaz sanoati korxonalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kamida 5 yillik ish tajribasi.
Nomzodlarning hujjatlari 2025 yil 19 may kuni soat 12:00 ga qadar qabul qilinadi. Ko‘rsatilgan muddatdan keyin taqdim etilgan takliflar haqiqiy emas deb hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi manzilga murojaat qilishingiz mumkin: Toshkent shahri, Mirzo-Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 32 A-uy. Telefon: (71) 230-02-05 (238). Elektron pochta manzili: corp@maxsus.uz.