6 Yanvar 2022

"Maxsusenergogaz" AJ va "ODK injiniring" MCHJ qo'shma faoliyat to'g'risida memorandum tuzdi.

"Maxsusenergogaz" AJ va "ODK injiniring" MCHJ o'rtasida hamkorlik munosabatlarini o'rnatish va tomonlarning uzoq muddatli hamkorligini rivojlantirish bo'yicha memorandum tuzildi.

"ODK" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan "NK"tipidagi sanoat gaz turbinasi dvigatellarini kapital yoki avariya-tiklash ishlarini birgalikda bajarish belgilandi.


Malumot uchun:

MCHJ "ODK injiniring " "ODK" AJ ning tarkibiy bo'linmasi hisoblanadi. 

"Birlashgan dvigatel korporatsiyasi" AJ (Rostex Davlat korporatsiyasi tarkibiga kiradi) — harbiy va fuqaro aviatsiyasi, kosmik dasturlar va dengiz floti, shuningdek, neft va gaz sanoati va energetika uchun dvigatellarni ishlab chiqarish va ularga xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan kompleks tuzilmadir.


Ushbu loyihani amalga oshirish doirasida "Maxsusenergogaz" AJ bosh pudratchi sifatida faoliyat yuritadi, "ODK injiniring" MCHJ esa O'zbekiston Respublikasi neft-gaz tarmog'i korxonalarida faoliyat yuritayotgan "ODK" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan "NK" tipidagi sanoat gaz turbinali dvigatellarini kapital yoki avariya-tiklash ishlarini bajarilishini ta'minlaydi.

Hamkorlik doirasida quyidagi imkoniyatlar ko'rib chiqiladi:

- "Maxsusenergogaz" AJ tarkibida zamonaviy jahon talablariga javob beradigan kompressor uskunalari va gaz turbinali dvigatellarni ta'mirlash va ularga xizmat ko'rsatish bo'yicha xizmat ko'rsatish markazini tashkil etish eng yaxshi mahalliy va jahon texnikasi va texnologiyasi bilan jihozlanib, O'zbekiston Respublikasi neft-gaz kompaniyalarining ushbu turdagi xizmat turlariga bo'lgan ehtiyojlarini to'liq qondiradi;

- "Maxsusenergogaz" AJ "ODK injiniring" MCHJ bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi neft-gaz tarmog'i korxonalarida faoliyat yuritayotgan "ODK" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan "NK" tipidagi sanoat gaz turbinali dvigatellarini kapital va avariya-tiklash va servis xizmati bajarilishini ta'minlaydi.

- kompressor va gaz turbinasi uskunalarining uzluksiz ishlashini ta'minlashga, shu jumladan ehtiyot qismlar va osma uskunalarni yetkazib berishga qaratilgan ishlar majmuasini ta'minlash

- Kompressor stansiyalari xodimlarini o'qitish, ta'mirlash ishlarini tashkil etish

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech